Virjiniya universiteti dotsenti Adam Leyvning tadqiqot natijasiga ko‘ra, Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchilar kumush medal sohiblariga qaraganda kamroq umr kechiradi. Bu haqda tadqiqotchi The Journal of Health Economics jurnaliga mulohazalarini bildirgan. Tadqiqot natijasi shundan iboratki, kumush medalni qo‘lga kiritgan sportchilar birinchilikni «ilib» ketgan raqibiga qaraganda o‘rtacha bir yil ko‘proq umr ko‘radi. 

Tadqiqot

Leyv 1896 yildan 1948 yilga qadar Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etgan va unda sovrinli o‘rinlarni egallagan sportchilarning keyingi hayotiga qiziqdi. Umuman olib qaraganda, sportchilarning jismoniy holati, yoshi va og‘irligi deyarli bir xil bo‘lgan. Tadqiqot ustida ish olib borgan olimlar guruhi ishni cheklangan muddat bo‘yicha olib borishni ma'qul ko‘rdi. Gap shundaki, XX asrning ikkinchi yarmida doping vositalari rivojlandi, shuningdek, sportchilarning stimulyator foydalanishi kuchaydi. Biroq, doping vositasi qadimgi davr sportida ham mavjud edi. Masalan, kokain, bredidan muayyan maqsadlarda foydalanish imkoniyati bo‘lgan. Olimlar esa og‘riq qoldiruvchi, lat va jarohat payti sportchining psixologiyasiga ta'sir etish qudratiga ega dorilar sanoati rivojlangan paytni me'yor chizig‘i sifatida qabul qilishdi. 

Natija 

O‘sha davrdagi Olimpiada o‘yinlarida oltin medalni yutgan sportchilarning faqat 3 nafari 80 yosh chizig‘idan o‘tgan. Kumush olganlarning deyarli yarmidan ko‘pi bu marradan o‘tgan. Nega? 

Tadqiqotchilarning fikricha, bunday farqlanishning paydo bo‘lishiga oltin va kumush medal sohiblarining daromadlari o‘rtasidagi tafovut sabab bo‘lgan. Shu tufayli, Adam amerikalik sportchilar ishlab topgan maosh summasini o‘rganib chiqishga ahd qildi. 

Ma'lum bo‘lishicha, o‘tgan asrning 80-yillariga qadar Olimpiada o‘yinlarida havaskor sportchilar ham ishtirok etishi mumkin edi. G‘oliblarga esa katta miqdorda mukofot puli to‘lanmagan. Havaskor sportchi g‘olib bo‘lgan taqdirda, uning oldida ikkita tanlov paydo bo‘ladi: sport sohasida omadini sinab ko‘rish yo o‘z kasbiga qaytish kerak. Raqamlar bergan dalolatga ko‘ra, mag‘lub bo‘lgan sportchilarning 70 foizi va g‘oliblarning 20 foizi Olimpiadadan so‘ng, ko‘p maosh to‘lanuvchi ishga joylashgan. Oltin medal sohiblari asosan savdo va reklama sohasidan ish topgan, ular to‘liqsiz ish kuni bilan kifoyalangan. 

Bundan tashqari, Adam kam umr ko‘rishga ta'sir qilgan omillar qatoriga sportchilarning motivatsiyasi tushib ketgani, Olimpiadadan so‘ng oddiy hayotga ko‘nikib yashashini ham kiritgan.