Ijtimoiy tarmoqlarda biznesning falonta sirlari yoki boylarça fikrlaşga bağişlangan kurslar reklamalari borgan sari köpayib boryapti. Kuzatişlarimizga köra, köplab holatlarda odamlarning işonçiga kirib, ularga omadli bölişni örgatiş uçun ravon nutq sohibi böliş, kostyum kiyiş va muvaffaqiyat haqida ikkita kitob-u uçta video bilan tanişib çiqiş kifoya qilyapti.

Şunisi ahamiyatliki, bunday kurslardan internetda tarqalayotgan köplab parçalar “trener”larning saviyasini bir qaraşda yaqqol körsatib berayotgandek tuyulsa-da, bu bilan tinglovçilar auditoriyasi kamayib qolmayapti.

Bu esa oson va tez muvaffaqiyatga erişiş orzusidagi köplab yoşlar uçun faktlarga asoslangan, effektiv va yoşlarbop suriştiruvga zarurat borligini körsatadi, nazarimizda. SUBeKTIV'ning yangi soni ana şu informatsion böşliqni töldiriş istagidan tuğildi.

Ta’kidlaşni istardikki, öz ustida işlaşga intiliş – ijobiy va olqişga sazovor xislat, lekin heç bitta kurs yoki motivatsion manba qisqa vaqtda insonni soğlom, boy va omadli qilib qöymaydi, buni va’da qilayotganlarning esa avvalo öz yutuqlarini közdan keçiriş foydadan xoli bölmaydi.

Film orqali barça biznes-trenerlarni birdek qoralaşdan yiroqmiz. Kim haqida gapirayotganimiz esa kundek ravşan. Va albatta, fikrlar sub’yektiv, xulosa har kimning özidan.

Jamşidxon Ziyoxonov,
muallif