Özbekiston va Misr prezidentlarining keng doiradagi muzokaralarida Toşkent, Qohira va Xurgada örtasida aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.

Misr turizm sohasida katta salohiyat va tajribaga ega mamlakat. Bugungi kunda Özbekistonda ham uşbu tarmoq jadal rivojlanmoqda. Muzokaralarda bu sohadagi aloqalarni kengaytiriş, Özbekistondagi qadimiy şaharlar va muqaddas qadamjolarni ziyorat qiliş uçun Misrdan keladigan sayyohlarni köpaytiriş mumkinligi qayd etildi. Toşkent, Qohira va Xurgada örtasida aviaqatnovlarni yölga qöyiş masalasi muhokama qilindi, deyiladi xabarda.

Qayd etilişiça, Madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlik böyiça ham ijobiy natijalarga erişildi. Misrning Al-Azhar universiteti va boşqa ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan Özbekiston xalqaro Islom akademiyasi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqotlar markazi va Islom sivilizatsiyasi markazi örtasida faol hamkorlik örnatişga kelişib olindi.

Muzokaralarda, şuningdek, qişloq xöjaligi, ta'lim, madaniyat, sport va boşqa sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.