2018 yilning 5 sentabrida Toşkentda, Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisining Özbekiston Respublikasiga rasmiy taşrifi doirasida, Özbekiston Respublikasi Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki hamda Afrikaning eksport-import banki (Afreksimbank) örtasida 50 million AQŞ dollarlik hamkorlik haqidagi kelişuv imzolandi.

Kelişuv Afreksimbank bilan savdoni moliyalaştiriş böyiça hamkorlikni hamda Misr Arab Respublikasi va Afrika qit'asining boşqa mamlakatlaridan Özbekiston Respublikasiga tovar va xizmatlarni eksport qilinişni moliyalaştiriş böyiça kredit liniyalarini ajratişni közda tutadi.
Imzolangan kelişuv, Özbekistonning Misr va Afrikaning boşqa mamlakatlari örtasida ikki tomonlama hamkorlikning mustahkamlanişiga imkon beradi, savdo hamda investitsiya aloqalarini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Özbekistondan eksportning asosini tekstil, oziq-ovqat mahsulotlari, transport va turistik xizmatlar taşkil etadi. Misrdan esa farmatsevtika, qişloq xöjaligi, maişiy kimyo mahsulotlari import qilinadi. E'tiborli jihati şundaki, ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytiriş uçun katta imkoniyatlar mavjud.
Afrika eksport-import banki (African export-import bank, Afreximbank) — xalqaro tijorat banki. 1993 yilda taşkil topgan. Bankning boş ofisi Qohirada joylaşgan. Afreksimbankning aktivlari 11,9 mlrd. AQŞ dollarini taşkil etadi. Bankning faoliyatining asosiy yönalişi - butun Afrika qit'asidagi loyihalarni amalga oşirişni qöllab-quvvatlaş.
Reklama huquqi asosida










