O‘zbekiston | 15:46 / 06.09.2018
11608
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent uchun 350ta MAN avtobuslariga buyurtma berildi. Pullar 2025 yilgacha to‘lanadi

Foto: JV MAN Auto-Uzbekistan

Toshkent uchun 350ta MAN avtobusiga kredit bilan buyurtma berildi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining «Toshkent shahridagi yo‘lovchi avtobus parkini yanada yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida aytiladi.

«Toshshahartransxizmat» va «JV MAN Avto-Uzbekistan» MChJ QK o‘rtasida 2017-2019 yillarda 350ta avtobusni yetkazib berish bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi tuzildi, ulardan 110tasi 2018 yilga mo‘ljallangan.

MAN, avtobuslarni yetkazib berishda, «Toshshahartransxizmat»ga umumiy miqdori 9,5 mlrd so‘m bo‘lgan texnologik asbob-uskunalar, maxsus uskunalar, ehtiyot qismlar va maxsus texnikani beg‘araz asosda topshiradi.

110ta shahar va shaharlararo avtobusning oldi-sotdisi Xalq banki tomonidan 7 yilga taqdim etiluvchi kredit ko‘rinishidagi jamg‘arma pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bu yerga qayta moliyalashtiriladigan bankning («O‘zsanoatqurilishbank») 1% miqdoridagi marjasi qo‘shiladi.

Kreditni qaytarish, foizlar va komissiyalar to‘lash Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

2018 yilda 80ta shahar avtobuslari va 30ta shaharlararo avtobuslar yetkazib beriladi. Birinchisi 1,88 mlrd so‘mdan, ikkinchisi - 1,87 mlrd so‘mdan turadi. 165 mlrd so‘mlik avans to‘lovi sentabr oyiga rejalashtirilgan.

Umuman olganda, to‘lanadigan umumiy miqdor (foiz va komissiya bilan) 331 mlrd so‘mni tashkil etadi. U bir necha yilga cho‘ziladi - 2025 yilgacha.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid