Joriy yilning 27 avgustdan 2 sentabrgaça bölgan davr mobaynida “ÖzRTXB” AJ da 785,5 mlrd sömlik bitimlar tuzildi. Bu esa ötgan haftadagi natijadan 43,6%ga ortiq ekanligini körsatdi. Bu haqda "ÖzRTXB" AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Ötgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 543 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 1,6 milliard sömdan oşdi.

Savdolar natijasida bitimlarning qariyb 20% birinçi toifadagi avtoraqamlarga, 47% ikkinçi va 33% uçinçi toifa avtoraqamlarga tegişli.

Xaridorlar tarkibida yetakçilikni Toşkent va Toşkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi uluşi 20%ga teng. Keyingi örinda Samarqand va Buxoro viloyatlarining avtohavaskorlari har biri 13% uluş bilan joylaşdi. Uçinçi örin Farğona viloyati avtohavaskorlariga tegişli bölib, uluşi 9%ni taşkil qiladi. Boşqa hududlarning uluşi 45%ga teng.