“Xalqaro maqom san'ati anjumani” doirasida 7 sentabr kuni Şahrisabz şahridagi qayta ta'mirlangan Madaniyat saroyida “Maqom muzeyi”ning oçiliş marosimi ham ötkazildi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar bermoqda. 

Özbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratiş hamda muzey aşyolari va kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qiliş işlarini kuçaytiriş, uning natijalarini e'lon qilib boriş Oqsaroy maydonida joylaşgan mazkur muzey faoliyatining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Unda maqom san'atiga oid Toşkent-Farğona, Buxoro-Samarqand “Şaşmaqom”, Xorazm hududlaridagi öziga xos maktablarning tarixiy musiqa asboblari, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyati hududlaridagi etnografik eksponatlar namoyiş etildi.