Britaniyalik izquvar Yan Uilson Daily Star naşriga bergan intervyusida 4 yil avval sirli ravişda yöqolib qolgan, Malayziyaga qaraşli Boeing 777-200 samolyotini topganini ma'lum qildi.
Uilsonning aytişiça, u Google Maps xaritalarini közdan keçirayotib, Kambojaning boriş qiyin bölgan hududida yölovçi samolyotiga öxşaş obektni topgan.
Izquvar bu obekt 2014 yil 8 mart kuni Kuala-Lumpurdan Pekinga parvoz vaqtida yöqolib qolgan samolyot ekaniga şubha qilmayapti.
Ta'kidlanişiça, topilgan obekt samolyotga juda öxşaş bölib, biroq Boeing 777-200 samolyoti kabi 63 metr uzunlikka emas, 70 metr uzunlikka ega. Uilsonning aytişiça, bu farq samolyotning dum qismi qulaş vaqtida bölaklanib ketgani bilan tuşuntiriladi.


Izquvar suratdagi obekt junglilar ustidan uçib ötayotgan samolyot bölişi mumkinligi haqidagi taxminlarni inkor etmoqda. Uning aytişiça, u bu taxminni Google Earth’ning funksiyalaridan birini qöllab tekşirib körgan va obekt yer sirtida yotganini aniqlagan.
Uilson obekt aniqlangan joyga bir özi bormoqçiligini aytmoqda, çunki samolyotni qidiriş bilan şuğullanayotgan qutqaruvçilar unga öxşaş taşabbuskorlarning taxminlarini inobatga olişmayapti.
Malaysia Airlines aviakompaniyasiga tegişli Boeing 777-200 samolyoti Kuala-Lumpurdan Pekinga MH370 reysini amalga oşiriş vaqtida bortida 227 yölovçi va ekipajning 12 a'zosi bilan 2014 yil 8 martga ötar keçasi radarlar ekranidan yöqolib qolgan. Samolyot Hind okeanining janubiy qismida falokatga uçragani taxmin qilinadi. Uç yillik qutqaruv amaliyotiga qaramay, samolyot bölaklarini aniqlaşga muvaffaq bölinmagan.








