9 sentabr kuni Özbekiston yoşlar ittifoqi hamda Özbekiston Milliy olimpiya qömitasi hamkorligida Özbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 27 yilligi bayrami munosabati bilan barça hududlarning markaziy köçalarida 10 km masofadan iborat bölgan «Mustaqillik marafoni — 2018» bölib ötdi.
Unda öquvçilar, talabalar, öta-onalar va yoş oilalar, faxriylar hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnaşdi.
Marafon yoşlarning böş vaqtini mazmunli taşkil etiş, ular örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, özaro madaniy-sport aloqalarini yölga qöyiş hamda jismoniy tarbiya va sportni yoşlarning kundalik turmuş tarziga kiritiş, şuningdek, soğlom raqobat muhitini yaratiş maqsadida taşkil etildi.
Yoşlarning bildirgan taklif va taşabbuslariga asosan, Özbekiston yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi, Özbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengaşi, Mudofaa vazirligi, Milliy gvardiyasi, Içki işlar vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi va Özbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda ötkazilgan uşbu marafonda maxsus veb-sayti – www.marafon.yi.uz saytida röyxatdan ötgan 16 yoşdan 30 yoşgaça bölgan köngilli yoşlar hamda faxriylar iştirok etdi.
Marafon mahallalardagi yoşlar, ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan 16-30 yoşgaça bölgan yigit-qizlar hamda faxriy köngillilar örtasida yengil atletika sport turi böyiça ötkaziladigan yuguriş qoidalariga muvofiq ötkazildi.




Erkaklar örtasidagi yugurişda Vladislav Mamedov birinçi bölib marraga yetib keldi. Ikkinçi va uçinçi örinlarni Mirsaid Buxarov hamda Humoyun Mahmudov egalladi.

Ayollar örtasidagi ğoliblar uçligi Marina Xmelevskaya, Nurxon Muhiddinova hamda Kumila Qöçqorovadan iborat böldi.













