Qozoğiston Xalq banki (Halyk Bank)ning boşqaruvi raisi Umut Şayaxmetova avgust oyi oxirida Özbekiston bozoriga joriy yil oxirigaça kiriş rejalari haqida gapirgandi.

Bankning Toşkentdagi filiali Tenge Bank nomini oldi. Bundan Qozoğiston fond birjasi ma'lumotlari darak beryapti.

Qozoğiston Xalq bankining direktorlar kengaşi 6 sentabr kuni Özbekistonda Tenge Bank aksiyadorlik-tijorat bankini taşkil etişni ma'qulladi.

Avvalroq, Xalq banki Özbekiston bilan hukumatlararo bitimni imzolagani ma'lum bölgandi. Uning doirasida Qozoğiston banklariga Özbekistonda vakolatxonalar oçişga imkon beruvçi çoralar körildi.

Kutilişiça, bankning filial kompaniyasi 2018 yil oxirigaça oçiladi.