
Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov Surxondaryo viloyatida böşab qolgan öringa Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zosi etib saylangan.

Öz vaqtida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyevning Surxondaryodagi işonçli vakili bölgan Abduqodir Toşqulov ötgan yili Facebook’dagi sahifasida uyuştirilgan onlayn muloqot davomida Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti (TDIU) kiriş test imtihonlarida qayd etilgan şubhali “tasodiflar”ga munosabat bildirib, “Narxoz”dagi ahvol bundan avval ham şunday bölgani, test imtihonlari isloh qilinişi lozimligi haqida gapirgandi.


Köp ötmay 2017 yilning sentabrida Termiz davlat universiteti rektori etib tayinlangan Toşqulov bu yilgi kasbiy (ijodiy) hamda magistratura imtihonlarining adolatli va oçiqlik tamoyili asosida ötişini ta'minlaşga alohida e'tibor qaratgani aytiladi.







