Nodavlat ta'lim xizmatlarini körsatiş uçun litsenziya oliş lozim. Lisenziya Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan beriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.

Nodavlat ta'lim xizmatlari körsatiş böyiça litsenziya oliş uçun quyidagi hujjatlar davlat xizmatlari markazlariga taqdim etadi yoki elektron şaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga yuboradi: 

ariza;

yonğin va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlarining xulosalari;

pedagog kadrlar haqida ma'lumot;

öquv rejasi va dasturlarining elektron nusxalari; 

ariza körib çiqilganligi uçun litsenziya da'vogari tomonidan yiğim tölanganligini tasdiqlovçi hujjat nusxasi.