Foto: Wikipedia

Ikki ming yil muqaddam Rim madaniyati katta hudud böylab yoyilgan. Imperiya qölgan kiritgan yer-mulklari, qonunçiligi va ommaviy köngiloçar maşğulotlari bilan dong taratdi. Rim tomonidan zabt etilgan köpgina şaharlarda ulkan amfiteatrlar barpo etilgan. Rimliklarning şafqatsiz va qonli tomoşalarga moyilligini bilganimiz sabab bunday inşootlar nimaga möljallanganini payqaş muşkul emas.

Amfiteatrlar qoldiqlari

Toşdan işlangan oçiq qurilmalar hayrat uyğotadi va hayajonga soladi. Bu yerda teatr tomoşalari, gladiatorlar janglari ötkazilgan. Arxitektura yodgorligining katta qismi vaqt “qurboniga aylangan”, biroq ayrim qismlari yaxşi saqlangan.

Ba'zi arenalardan hozir ham jamoat tadbirlarini ötkazişda foydalaniladi. Sayyohlar turli mamlakatlardagi tarixiy ötmişga öz qöllari bilan tegib köriş imkoniyatiga egalar. Ulkan inşootlar sinçkovlik bilan himoya qilinmoqda va jahon merosini qadrlaydigan arxitektorlar tomonidan qayta tiklanmoqda.

Italiya

Foto: Wikipedia

Kolizey lotin tilidan tarjima qilinsa, “ulkan” degan ma'noni anglatadi. Bunday ta'rif katta maqsadlarga ega bölgan Rim davrini a'lo darajada izohlaydi. Qadimiy imperiya arxitektura ijodkorligining yetuk namunasi Rimdagi Kolizeydir. Uni yana barça tabaqalar uçun inşoot qurişga qaror qilgan Tit Flaviy Vespasian nomi bilan ham ataşadi.

Foto: Wikipedia

Diametri 500 metrdan ortiq va devorlari 50 metrdan baland bölgan arenani quriş uçun jami 8 yil ketgan. Axir kompleks eramizdan avvalgi 72-64-yillarda qölda barpo etilgan.

Rim imperiyasi qulaganidan keyin Kolizey özining ilk vazifasini yöqotdi. Bino XV asrdagi zilzila vaqtida xarobaga aylandi. Biroq bugun ham u Rimning asosiy ramzlaridan biri.

Di-Verona arenasi