Rimda Kolizey yaqinida joylaşgan Konstantin arkasi yaşin urişi oqibatida şikastlandi. Eramizning IV asrida qurilgan uşbu inşoot Italiya poytaxtining diqqatga sazovor turistik maskanlaridan hisoblanadi.
Kolizey arxeologik boği ma’muriyatida yaşin oqibatida arkaning bir qismiga şikast yetganini tasdiqladi. «Yaşin töğri arkaga urildi, keyin esa burçakka tuşdi va biz uning bir bölagi ajralganini kördik», — deydi guvohlardan biri.
Qayd etilişiça, arkaning «sinib tuşgan barça bölaklari topilgan va xavfsiz joyga olib ötilgan». «Hozirda yetkazilgan zararni baholaşni boşlab yuborganmiz va erta tongdan işlarni davom ettiramiz», — deyiladi boğ ma’muriyati xabarida.
Reuters’ning yozişiça, yaşin arkaga janub tomondan ikki kun oldin restavratsiya işlar boşlangan joyga kelib urilgan.
Nasroniylikni qabul qilgan birinçi Rim imperatori Konstantin arkasi eramizning 312 yilida qurilgan. Rim meri Roberto Gualterining ma’lum qilişiça, Rimda kuzatilgan momaqaldiroq «misli körilmagan hodisa» hisoblanadi.
«U juda kuçli edi, qisqa vaqt içida şaharning ayrim qismlarida, jumladan, tarixiy markazida kuzatildi», — deydi mer.








