Reputo gravissimo, indegno e segno di grande inciviltà, che un turista sfregi uno dei luoghi più celebri al mondo, il Colosseo, per incidere il nome della sua fidanzata. Spero che chi ha compiuto questo gesto venga individuato e sanzionato secondo le nostre leggi. pic.twitter.com/p8Jss1GWuY
— Gennaro Sangiuliano (@g_sangiuliano) June 26, 2023
Sayyohning özi YouTube’ga joylagan videoda 1937 yoşdagi qadimiy yodgorlik devorlariga kalit bilan özining (Ivan) hamda suyuklisining (Heyli) ismlarini öyib yozgani körinadi. Uşbu holat boşqa bir şaxs tomonidan tasvirga olingan bölib, Ivan kameraga qarab qöyganda uning yuz ifodasi qilayotgan işidan mamnun ekanini köriş mumkin. Voqea 23 iyun kuni röy bergani aytilmoqda.
Uşbu video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgaç, köplab foydalanuvçilar uni hibsga oliş va jazolaşni talab qilib izoh qoldirişgan. Italiya madaniyat vaziri uşbu holatni oqibatsiz qoldirmaslikka va’da bergan, buning ortidan uşbu şaxsga nisbatan qidiruv e’lon qilingandi. Politsiya tomonidan tergov-suriştiruv işlari olib borilmoqda.
“Umid qilamanki, kim buni qilgan bölsa, aniqlanib qonunlarimiz böyiça jazolanadi”, deya ta’kidlagan vazir Jyennaro Sanjuliano.
Madaniy yodgorlik obektlariga zarar yetkaziş aksariyat Yevropa davlatlarida, jumladan, Italiyada köp uçraydigan holat. Şu sababli bunday xatti-harakat uçun jinoiy javobgarlik joriy etilgan.
Italiyaning ANSA axborot agentligi joriy yilda sayyohlar tomonidan Kolizey devorlariga tört marta zarar yetkazilgani haqida xabar bergan. Agentlik bunday harakat uçun qonunbuzar 15 ming yevro miqdoridagi jarima yoki beş yilgaça qamoq jazosiga tortilişi mumkinligini eslatgan.
















