«Çelsi» klubi va Angliya terma jamoasining sobiq himoyaçisi Jon Terri Moskvaning «Spartak» klubiga ötmaydigan böldi.

«Juda köp öylab kördim va «Spartak» taklifini rad qildim. Klub va uning muxlislariga minnatdorçilik bildiraman. Oilam bilan muhokama qilib, hozir Rossiyaga köçib ötişning vaqti emasligi haqida qaror qabul qildik. «Spartak»ka omad!», — deb yozdi Terri Instagram sahifasida.

Avvalroq, 37 yoşli Terri Rimda tibbiy körikdan muvaffaqiyatli ötib, «Spartak» bilan yiliga 1,8 million yevro maoşni közda tutuvçi şartnomani kelişib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Biroq, Angliyaga qaytganidan söng, futbolçi öz fikridan qaytdi.