Ğarbiy Avstraliyadagi Beta Hunt konida Genri Doul ismli burğilovçi dunyodagi eng katta sof holdagi oltin bölagini topdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar bermoqda.
Uning oğirligi 88,9 kg bölib, unda taxminan 63,5 kg oltin bor. Qiymati 2 mln dollar turuvçi bu bölakni kötariş uçun uç kişi sa'y-harakati talab etilgan.

E'tiborlisi, Doul bu oltin bölagini topgandan köp ötmay 60 kgça keladigan yana bir oltin saqlovçi bölakni topgan.
16 yildan köproq vaqtdan beri burğilaş bilan şuğullanuvçi Doul avval bunday topilmani körmaganini aytgan.


Doul topilmasi şu kungaça saqlanib qolgan, eng katta oltin saqlovçi bölak deb hisoblanuvçi va 70 kg keluvçi “Orzu qilingan notaniş”dan oğirroqdir. Şuningdek, 1872 yilda Avstraliyada 90 kglik “Xolterman plitasi” deb nomlangan oltin saqlovçi bölak topilgani haqida ma'lumot bor, biroq u eritişga topşirib yuborilgan.











