Fan-texnika | 11:33 / 14.09.2018
15596
1 daqiqa o‘qiladi

General Motors dunyo bo‘ylab milliondan ko‘proq avtomobilini qaytarib olmoqda

Foto: REUTERS/Rebecca Cook

General Motors (GM) konserni rul kuchaytirgichidagi nosozlik sababli butun dunyo bo‘ylab 1,2 mln ta avtomobilini qaytarib olmoqda. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi. 

Nosozlikni bartaraf etish uchun qaytarib olinayotgan mashinalar orasida 2015 yilda ishlab chiqarilgan Chevrolet, GMC va Cadillac markalaridagi bir qator pikap va yo‘ltanlamaslar bor. 

Kontsern ushbu nosozlik bilan bog‘liq 30 ta yo‘l-transport hodisasi va 2 kishi jarohat olgani haqida shikoyat olgan. Biroq nosozlik birorta o‘limga olib kelmagan.

Muammo avtomobilni ayniqsa kichik tezliklarda boshqarishda qiyinchilik tug‘dirishi mumkin va bu o‘z oqibatida to‘qnashuv xavfini oshiradi. 

GM dilerlari muammoni bartaraf etish uchun nosoz avtomobillardagi rul kuchaytirgichi elektron moduli dasturiy ta'minotini yangilab berishadi.

Mavzuga oid