O‘zbekiston | 14:20 / 14.09.2018
6708
6 daqiqa o‘qiladi

Joyiga chiqqan holda o‘tkaziladigan kameral tekshiruv: mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni qanday amalga oshirish taklif etilmoqda?

Foto: 123RF

Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Davlat soliq xizmati organi tomonidan mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom loyihasi muhokama qilinmoqda.

Norma’ning yozishicha, iyun oyida soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etiladigan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‘lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‘llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun kameral nazorat natijasi bo‘yicha joyiga chiqqan holda mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni amalga oshirish huquqi berildi. DSQ tomonidan ishlab chiqilgan loyihada ularni o‘tkazish tartibi belgilangan.

Mavzuga oid va ekspress-o‘rganishning o‘zi nima

Ushbu atamalarni quyidagicha ta'riflash taklif etilmoqda:

Tadbirkorlik sub'yektlari qachon o‘rganiladi

O‘rganishni o‘tkazish uchun davlat soliq xizmati organining buyrug‘i rasmiylashtiriladi. Loyihada uni Bosh prokuratura bilan kelishish zarurligi haqida hech nima deyilmagan. O‘tkazilgan o‘rganishlarni Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish haqida ham so‘z bormagan.

Buyruqni qabul qilish uchun haqiqiy asos (loyihada ular mezonlar deb atalgan) sifatida esa quyidagilarni belgilash taklif etilmoqda:

O‘rganish tartib-taomili

O‘rganish turidan qat'i nazar, uning muddati 10 kundan oshmasligi kerakligi nazarda tutilmoqda. U soliq to‘lovchiga davlat soliq xizmati organining buyrug‘i topshirilgan kundan boshlab hisoblanadi. O‘rganishning o‘ziga esa u topshirilgan paytdan boshlab kirishiladi.

Faqat kameral nazoratdan o‘tkazilgan soliq davri o‘rganilishi lozim bo‘ladi. Bunda soliq organlarining mansabdor shaxslariga quyidagi keng huquqlar beriladi:

• daromad olish uchun foydalaniladigan hudud yoki binolar, yoxud soliq solish obektlari va soliq solish bilan bog‘liq bo‘lgan obektlarga kirish;

• soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hisoblab chiqarilishi, to‘lanishi, shuningdek imtiyozlarni qo‘llashning asosliligi bilan bog‘liq bo‘lgan hujjatlar va ma'lumotlarni talab qilish;

• kameral nazorat o‘tkazish chog‘ida aniqlangan natijalarni soliq to‘lovchining boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridagi ma'lumotlar bilan solishtirish;

• soliq to‘lovchining hujjatlarida aks ettirilgan, soliq to‘lovchi tomonidan soliq organining talabiga javoban taqdim etilgan tovar-moddiy boyliklar, asosiy vositalar yoki boshqa mol-mulk mavjudligini tasdiqlash uchun soliq to‘lovchining hududlari, ishlab chiqarish, ombor, savdo va boshqa xonalarini tekshirish;

• mol-mulkni inventarizatsiyadan o‘tkazish, hujjatlarni talab qilib olish, soliq to‘lovchidan, shuningdek rahbarlik funksiyalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv funksiyalarini amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq to‘lovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish. Zarurat tug‘ilganda o‘rganish paytida zarur hujjatlar fotosurati va videoyozuvga olinadi, ulardan nusxa ko‘chiriladi. O‘rganish natijalariga ko‘ra DSQ tasdiqlagan shaklda bayonnoma tuziladi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra qonunbuzarliklar ko‘rsatilgan yoxud ular mavjud emasligi qayd etilgan ma'lumotnoma tuziladi. Ma'lumotnoma kameral nazorat materiallariga qo‘shib qo‘yiladi. Shu tariqa, o‘rganishlar uning bir qismi deb hisoblanishini taxmin qilish mumkin.

Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinib turganidek, o‘rganishlar mazmuniga ko‘ra oddiy tekshiruvlarga o‘xshaydi. Uning oqibatlari yagona farqlanuvchi jihati bo‘lsa kerak. Kameral nazorat natijalariga ko‘ra soliq organlari hisobotga tegishli tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuboradilar. Soliq to‘lovchi esa 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan hisobot topshirishi (soliqlar va penyani qo‘shimcha ravishda to‘lagan holda) yoxud aniqlangan tafovutlar yuzasidan haqli ekanligini asoslab berishi shart. Ya'ni soliq to‘lovchiga o‘z xatolarini tuzatish imkoni beriladi.  

Shuni qayd etib o‘tamizki, soliq organlariga mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlar o‘tkazish huquqini bergan Prezidentning 26.06.2018 yildagi PQ–3802-son qarori qabul qilinganidan keyin bir oy o‘tgach, Prezidentning 27.07.2018 yildagi PF–5490-son Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat bilan tadbirkorlik sub'yektlarida tekshiruvlar o‘tkazishning qat'iy tartibi belgilandi, shuningdek Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi orqali Bosh prokuraturaning qat'iy nazorati ostida o‘tkazilishi nazarda tutildi.

Mazkur tizim mavzuga oid va ekspress-o‘rganishlarni ham o‘z ichiga qamrab olishi kerak, o‘rganishlar va tekshiruvlar nisbati esa alohida ko‘rib chiqishni talab etadi, sababi ular ko‘p jihatdan bir-birini takrorlaydi.

Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid