Samarqandda Indoneziyaning Jakarta va Palembang şaharlarida ötkazilgan XVIII yozgi Osiyo öyinlarida iştirok etgan samarqandlik sportçilarni taqdirlaş marosimi bölib ötdi.

Tadbirga viloyatdagi sport federatsiyalari mutasaddilari, murabbiylar, sportçi-yoşlar hamda ularning ota-onalari taklif etildi.

Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi Erkinjon Turdimov xalqaro maydonlarda mamlakatimiz şarafini munosib himoya qilgan sportçilarni erişgan muvaffaqiyatlari bilan tabrikladi.

Indoneziyada ötkazilgan Osiyo öyinlarida Samarqand viloyatidan 25 sportçi iştirok etib, ön marotaba şohsupaga kötarildi. Sportning yunon-rum turi böyiça kuraşimiz M.Abdullayev, sambo böyiça K.Xolmamatov musobaqaning oltin, akademik eşkak eşiş böyiça D.Xursanov, D.Bahriyev, Ş.Najmiyev, Ş.Hakimov, Z.Usmonov, O.Rahimov, badiiy gimnastikaçimiz N.Usmanova, milliy kuraş turidan R.Böriyev, yengil atletika böyiça R.Qurbonov kumuş,  milliy kuraşçi S.Şomurodov, akademik eşkak eşişda Ş.Hakimov, Z.Usmonov, O.Rahimov, baydarka va kanoeda eşkak eşişda N.Töxtasinov, samboçi qizimiz N.Gulova bronza medallariga sazovor böldi.

Tadbirda respublikamiz, Osiyo va jahon arenalarida ğoliblikni qölga kiritgan sportçilar, murabbiylar va homiy taşkilotlar vakillariga Samarqand viloyat hokimligining faxriy yorliq va esdalik sovğalari topşirildi.