Zarina Andijon davlat universitetining 4-bosqiç talabasi. U nafaqat öqişda, balki uy-rözğor işlarida ham faol. Boşqalarga qaram bölişni xohlamaydi va doimiy izlanişdan töxtamaydi.
Kun.uz muxbiri çeklangan imkoniyatiga qaramasdan tinim bilmay hayotda öz örnini topiş uçun harakat qilayotgan Zarina bilan suhbatlaşdi.

“Yoşligimda köçaga çiqsam, maktabga ketayotsam meni bir marta körgan odam “Xudo özingga şukr, tavba qildim”, deyişardi. Men öşanda yiğlardim. Şunçalik qörqinçlimanmi, deb xafa bölardim. Keyin öylasam, ahmoq bölgan ekanman. Ming şukr qilişni boşladim. Könglim oğrigan paytlarda köproq kim bilandir gaplaşgim keladi”, – deydi Zarina.

Zarina öquv markazida ingliz tilidan dars berib kelmoqda. Öqituvçilik uning eng sevimli kasbi. Hozirda 60 dan ortiq şogirdlari bor.

Şuningdek, qahramonimiz sportning tayekwando turi bilan ham şuğullanadi. Özbekiston çempionatida bronza medalini qölga kiritgan. Kelgusida esa Paralimpiya yöllanmasini qölga kiritib, çempion bölişni maqsad qilgan.

Uning qöllarida nuqsoni bölsa-da, oyoqlarida barça kuçlari mujassamlaşgan. Bu haqda tayekwando böyiça ustozi bizga sözlab berdi.

“Zarinaning harakatlari, öziga işonçi, içidagi ğururi, oldiga qöygan maqsadlari boşqalarga nisbatan kuçliroq. Qöli yöqligi sababli oyoğiga köproq e'tibor qaratişini ta'kidlayman. Masalan, biz stolimizni siljitmoqçi bölsak, qölimizdan foydalanamiz. Bular esa oyoqlarini işlatişadi”, – deydi Zarinaning murabbiyi Muhiddin Karimov.

Atrofdagilarning nuqsoniga qarab munosabatda bölişlari uni ba'zan xafa qiladi. Işga joylaşişda, öqişga kirişda, umuman barça jabhada bu muvozanatsizlik uning öylanişiga, ba'zan esa köngliga oğir botişiga sabab böladi.












