Adhamjon Ziyoviddinoviç Tillavoldiyev Namangan viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Davlat soliq qömitasi Jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bölimi «Kun.uz»ga ma'lum qildi.

U bu lavozimda «v.b» sifatida işlab kelayotgan Abduvali Abdullayeviç Teşaboyev örnida iş boşlagan.

Ma'lumotlarga köra, Adhamjon Tillavoldiyev 1965 yilda Farğona viloyatining Toşloq tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, 1986 yilda Marğilon plan-iqtisod texnikumini, 1992 yilda Andijon iqtisodiyot va boşqaruv institutini tamomlagan.

Soliq tizimidagi mehnat faoliyatini 1997 yilda Farğona viloyati Toşloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boşliği lavozimidan boşlab, 2002-2017 yillar davomida Farğona viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, viloyat davlat soliq boşqarmasi boşliği, Andijon viloyati davlat soliq boşqarmasi boşliği, xöjalik birlaşma rahbari va Farğona viloyati hokimligida rahbar lavozimlarida işlagan.

2018 yilning yanvar oyidan sentabriga qadar Davlat soliq qömitasining Jismoniy şaxslar soliq ma'muriyatçiligi boş boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat yuritgan.