Özbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 18 sentabrdan boşlab valyuta operatsiyalari böyiça buxgalteriya hisobi, statistik va boşqa hisobotlarni yuritiş, şuningdek, bojxona va boşqa majburiy tölovlari uçun xorijiy valyutalarning sömga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.
Unga köra, 1 AQŞ dollari ötgan haftadagi kursga nisbatan 176,83 sömga qimmatlaşgan va 1 dollar 8039 sömga yetgan.
Yevro kursi esa 266 sömu 16 tiyinga kötarilib, 1 yevro 9347 sömu 75 tiyinni taşkil etmoqda.
Bir rubl kursi 5 sömu 46 tiyinga ösib, 1 rubl kursi 118,05 sömga yetgan.
Eslatib ötamiz, keyingi bir neça oy davomida pasayib kelgan dollar kursi ötgan haftadan yana ösa boşladi. Ötgan haftada kurs 23,44 sömga qimmatlaşgandi.
Ma'lumot uçun, valyuta qiymatini belgilaş çoğida Özbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni uşbu qiymatda sotiş yoki sotib oliş majburiyatini olmagan.











