Sayohatlar haqida ma'lumotlar beruvçi NOMADasaurus naşri Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida Özbekistonning örni bölakça ekanini ta'kidlagan holda, ona diyorimizning rang-barang suratlari va u haqidagi ma'lumotlar bilan bölişdi.

"2015 yilda biz tört oyni Qirğiziston, Tojikiston, Qozoğiston, Özbekiston va Turkmaniston mamlakatlarini örganiş bilan ötkazib, Markaziy Osiyo böylab sayohat qildik. Pomir toğlaridan tortib to Qoraqum çöllarigaça - tarixiy Ipak yöli böylab harakatlandik.

Har bir mamlakat öziga xos va ularni bir-biriga taqqoslaş qiyin. Biroq ajoyib tarix va fenomenal arxitektura nuqtai nazaridan faqat bir mamlakat - Özbekiston ajralib turadi.

Biz bu mamlakat nimasi bilan e'tiborni jalb qilişi haqida katta maqola yozişimiz mumkin, albatta. Biroq bu gözalliklarni öz közingiz bilan körişingiz uçun şunçaki eng sara suratlarni jamlab, diqqatingizga havola qilişga qaror qildik.

Şunday qilib, Özbekistonning aqlingizni şoşirib qöyuvçi ajoyib 39 surati!"

Samarqanddagi tarixiy obidaga burilişda şunday manzarani körasiz
Bu ayol an'anaviy ipak matosini tayyorlamoqda
Qizilqum çöli örtasida ötovlarga joylaşişingiz mumkin.
Globusli tilla haykalni körişingiz mumkin bölgan yagona mamlakat - Özbekiston