Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ) Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvçi Ğofur Rahimovni taşkilot rahbari lavozimiga öz nomzodini ilgari surmaslikka çaqirdi. Bildirilişiça, bu boksning Olimpiya öyinlari dasturida saqlanib qolişini tahdid ostida qoldiradi, deb xabar qilmoqda TASS Inside the games portaliga tayangan holda.

Naşrning xabar berişiça, XOQning etika va talablarga muvofiqlik masalalari böyiça direktori Pakerett Jirar Zapelli Rahimovga maktub yöllagan. Unda uning nomzodi AIBA prezidenti lavozimiga qöyilişi XOQning Tokiodagi Olimpiada-2020 dasturida boksni saqlab qoliş böyiça qaroriga ta'sir ötkazişi mumkinligi, sababi u jinoyat olami bilan aloqalarda gumonlanişi haqida aytilgan. 

Avvalroq, AQŞ Moliya vazirligi xorijiy aktivlar ustidan nazorat qiliş böyiça departamenti Rahimovni Özbekistonning eng asosiy jinoyatçilaridan biri sifatida sanksiyalar röyxatiga kiritgandi. Şuningdek, AQŞ Moliya vazirligi Rahimovning AQŞ dollarida istalgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oşiriş imkoniyatiga taqiq qöyib qöydi. 

AIBA prezidenti saylovlari 3 noyabr kuni taşkilotning Moskvadagi kongressida bölib ötadi. Inside the games xabariga köra, Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti, qozoğistonlik Serik Qönaqbayev AIBA rahbarligiga öz nomzodini ilgari suradi. AIBA prezidenti saylovlariga ariza bilan çiqişning eng oxirgi muddati - 23 sentabr.

XOQ taşkilot ijro qömitasining noyabr oyidagi yiğilişida 2020 yilgi Olimpiya öyinlari dasturida boksni saqlab qoliş masalasini körib çiqadi.

XOQ ayni damda AIBA’ga nisbatan suriştiruv ötkazmoqda, u fevralda boşlangan. Uşbu qaror XOQning Pxyonçxanda bölib ötgan ijroiya qömitasi yiğilişi yakunlari böyiça qabul qilindi. XOQ AIBA’ning boşqaruv, moliya va dopingga qarşi masalalar böyiça hisobotidan qoniqmadi. AIBA sobiq rahbari Çing Kuo Vu iste'foga çiqdi, uning vazifalarini Rahimov bajara boşladi.