Talov tumanida 16 sentabr, yakşanba kuni yoş erkakning jasadi öq otar quroldan olgan jarohatlar izi bilan topildi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasining Voronej oblasti böyiça tergov boşqarmasi xabar bermoqda.

Voronejlik tergovçilar politsiyaçilar bilan birgalikda ehtimoliy qotilni qölga olişga muvaffaq bölişdi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, erkakni ov miltiği bilan 48 yoşli mahalliy fuqaro otib öldirgan.

Xabar qilinişiça, jinoyatçi yakşanba kuni keçqurun öz akasi bilan gaplaşib oliş uçun uning uyiga miltiq olib borgan. Biroq, akasi uyda bölmagan, uyda ikki ijaraçi - Özbekiston fuqarolari bölgan erkaklar va bir ayol kişi bölgan.

Miltiq bilan qurollangan erkak ijaradagi şaxslardan akasini topib berişni talab qilgan, söng 31 yoşli migrantga öq uzgan. Jarohat olgan erkak voqea joyida hayotdan köz yumdi. Ikkinçi ijaraçi va ayol kişi qotilning qölidan miltiqni olib qöyişga muvaffaq bölişgan.