Germaniyaning Frankfurt şahrida 17 sentabrda 100 va 200 yevrolik qiymatdagi yangi kupyuralar taqdim qilindi. Bu haqda Finanzen naşri ma'lum qildi.
2019 yil may oyida muomalaga kiritiladigan kupyuralarni Yevropa markaziy banki boşqaruvi a'zosi Iv Merş taqdim qildi.
“Yevropa” seriyasidagi banknotalar qalbakilaştirişdan qöşimça himoyaga ega. Bunday himoya 5 yevrodan 50 yevrogaça qiymatdagi banknotalarda qöllangan.
Kupyuralarni bosişda “€” belgili maxsus gologramma qöllanadi. Şuningdek, ularda afsonaviy Yevropaning (qadimgi yunon mifologiyasida finikiyalik şoh qizi) surati va arxitekturaviy elementlar tasvirlanadi.
100 va 200 yevrolik kupyuralarning ölçami ham özgardi, endi ular 50 yevrolik kupyura kabi ölçamlarga ega böladi.












