Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvçi Ğofur Rahimov ommaviy axborot vositalarida e'lon qilingan, uning nomzodi taşkilot rahbarligiga saylansa boks sport turining Olimpiada öyinlari dasturidan çiqarib taşlanişi mumkinligi haqidagi xabarlarga öz munosabatini bildirdi.

AIBA a'zolariga murojaat qilar ekan, Ğofur Rahimov ularni bunday gap-sözlarga işonmaslikka çaqirgan. Bayonot AIBAning rasmiy saytida e'lon qilingan.

Yakşanba kuni Inside the games portali Xalqaro olimpiya qömitasi (XOQ)ning etika va talablarga muvofiqlik masalalari böyiça direktori Pakeret Jirara Zapelli Ğofur Rahimov nomiga xat jönatgani, unda u Ğ.Rahimovni AIBA prezidenti lavozimiga öz nomzodini ilgari surişdan qaytargani, bu 2020 yilda Tokioda ötadigan yozgi Olimpiada dasturida boksning saqlanib qolişi borasida XOQ qaroriga ta'sir ötkazişi mumkinligi yozilgani haqida xabar e'lon qildi.

«Meni AIBA yetakçisi sifatida saylaşgaç, sportimiz avvalgi rahbariyat tomonidan hosil qilingan qiyinçiliklarni yengib ötişi uçun men boks hamda barçamizning ravnaqimiz uçun köp ter tökmoqdaman. Mening kunlarim ham, tunlarim ham barçamiz faxrlanadigan, şaffof va demokratik böladigan, Olimpiya harakati va toza sport qadriyatlariga javob beradigan AIBAni yaratişga bağişlanmoqda. Yaqin kunlarda taşkilot Direktorlar kengaşining barça lavozimlariga saylovlar bölib ötadi, hozirning özidayoq ma'muriyat uşbu jarayon uçun aniq tavsiyalar taklif etiş böyiça yaxşi işlarni amalga oşirdi. Bu bizning sportimiz uçun juda muhim, çunki biz tariximizda ilk marta samarali boşqaruv prinsiplari va şaffoflik uçun javob berişnigina emas, ularga rioya qilinişni ham ta'minlamoqdamiz», — deb bayonot bergan Rahimov.

«Oldimizda turgan saylovlarda AIBA qoidalari nihoyatda tuşunarli: saylov komissiyasi talablariga javob beradigan rasmiy nomzodlar röyxati kongressga bir oy qolganda — 3 oktabr kuni e'lon qilinişi kerak (AIBA prezidenti saylovi 3 noyabr kuni taşkilotning Moskvada taşkillaştiriladigan kongressida bölib ötadi). Men AIBA’dagilarning barçasidan, taşkilot bilan boğliq barçadan bizning qoidalarimizni hurmat qilişlari, rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning ilgari surilişini şarhlaşdan avval aytib ötilgan sanani kutişlarini sörab qolaman. Kelinglar, bizning demokratik jarayonimizga turli miş-mişlar xalaqit berişi va ta'sir ötkazişiga yöl qöymaylik», — degan AIBA prezidenti v.b.

«Aminmanki, AIBA’ga a'zo assotsiatsiyalar elektron xatlar va turli sportga oid saytlarda tarqatilayotgan miş-mişlar ta'siriga tuşib qolişmaydi. Barçamiz öz tanlovimizni butun dunyoda boks kelajagi uçun nimalar yaxşi bölişi uçun biz va faqat biz qayğurişimizni yodda tutişimiz muhimligidan kelib çiqib qabul qilamiz. Heç kim AIBA a'zolariga kim uçun ovoz beriş yoki kimga ovoz bermaslikni körsata olmasligi kerak, şu sababli men sizlarning köpçiliklaringizdan olganim — qöllab-quvvatlaş sözlari bitilgan xatlarni juda yuksak qadrlayman. 20 yildan ortiq vaqt içida AIBA mening hayotim böldi, men sport turimizni heç qaçon xavf ostiga qöya olmayman va qöymayman, men doim boksni birinçi öringa qöyib kelganman va kelgusida ham şunday qilaman», — deya öz sözlarini yakunlagan Ğofur Rahimov.