Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Keniyalik marafonchini musobaqa vaqtida mashina urib yubordi
Keniyalik yengil atletikachi Jozef Kiprono Kiptum Kolumbiyaning Medelinida o‘tgan yarimmarafonni (21 km 97,5 metr) yakunlay olmadi. Musobaqada yetakchilik qilgan 30 yoshli Kiprono marra chizig‘iga yaqin qolganda avtomobil tomonidan urib yuborilgan.
Sportchiga birinchi yordam ko‘rsatilgach, shifoxonaga yetkazilgan. Yengil atletikachi lat yeyish va kesik jarohatlari olgan, uning ahvoli xavotirli emas.
Ma'lum qilinishicha, avtomobil haydovchisi yo‘l belgilari talablariga rioya qilmay, marafonchilar yugurayotgan yo‘lga chiqib ketgan. Marafonni esa boshqa bir keniyalik – Daniel Muindi Muteti yutgan.
Ta'kidlash joizki, Kiprono 2015 yilda ushbu yarimmarafonda g‘olib bo‘lgan.
Mavzuga oid
20:46 / 08.01.2026
Tramp avvalroq «kasal» deb atagan Kolumbiya prezidenti bilan suhbatlashdi
23:13 / 05.01.2026
Men aybsizman va hamon mamlakatim prezidentiman – Maduro Nyu-Yorkda ilk sud majlisida ishtirok etdi
19:32 / 05.01.2026
Kolumbiya prezidenti Trampning tahdididan keyin xalqdan yordam so‘radi
16:01 / 05.12.2025