Suriyadagi Hmaymim aviabazasi 17 sentabrda Rossiyaning Il-20 radiolokatsion razvedka samolyoti ekipaji bilan aloqani yöqotdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, 17 sentabr keçki vaqt Suriya havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari Lataqiya şahriga raketa hujumini qaytargan. Suriyalik harbiy manbaning ta'kidlaşiça, hujum dengizdan amalga oşirilgan, bir neça raketa möljalgaça urib tuşirilgan.
Samolyot bilan aloqa esa 17 sentabrda soat 23.00 atrofida, u Hmaymim bazasiga qaytayotganida Suriya sohilidan 35 km uzoqlikda Örta yer dengizi ustida yöqolib qolgan.
Şuningdek, samolyot Isroilning 4 ta F-16 samolyoti Lataqiyadagi obektlarga hujum qilayotgan vaqtda aviatsiyani boşqariş radarlaridan yöqolib qolgan. Bundan taşqari, şu vaqtda Rossiyaning havo hududini nazorat qiliş radiolokatsion vositalari tomonidan bu hududda joylaşgan fransuz fregati “Overn”dan raketalar uçirilgani qayd qilingan.
Ma'lum qilinişiça, samolyot bortida 14 harbiy bölgan, ularning taqdiri noma'lumligiça qolmoqda. Hmaymim bazasi qömondonligi qidiruv-qutqaruv operatsiyasini taşkillaştirgan.













