Rossiya Federatsiyasining “MMFI” milliy tadqiqot yadro universitetiga kiriş sinovida maqsadli iştirok etişga tayyorlaş maqsadida Özbekiston Milliy Universitetida davlat granti asosidagi öquv kurslari taşkil etiladi. 

Öquv kurslariga fizika va matematika fanlaridan yuqori bilimga ega bölgan 100 nafar yoşlar tanlov asosida qabul qilinadi. Tanlov rus tilida ötkaziladi. 

Tanlovda abituriyentlar, maktab va litsey-kollej bitiruvçilari qatnaşişi mumkin. Undan muvaffaqiyatli ötgan tinglovçilar yotoqxona bilan ta'minlanadi. 

Öquv kurslari şu yilning 2 oktabridan boşlanib 10 oy davom etadi hamda fizika, matematika va rus tili fanlaridan olib boriladi. 

Hujjatlar şu yilning 25 sentabrigaça qabul qilinadi. Nomzodlar Özbkiston milliy universitetida taşkil etilgan qabul komissiyasiga murojaat qilişlari mumkin böladi. 

Ma'lumot uçun, 2019-2020 öquv yilidan boşlab Toşkent şahrida “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filiali iş boşlaydi.