Daniel Rozenblyum AQŞ Senati tomonidan 18 sentabr kuni Qöşma Ştatlarning Özbekistondagi yangi elçisi sifatida tasdiqlandi. Bu haqda AQŞ Senati rasmiy sayti xabar bermoqda.

Senatning bayonotida Daniel Rozenblyumning avvalgi faoliyati qayd etilgan. Ulardan eng muhimlari - Afğonistondagi tinçlikni qöllab-quvvatlaş böyiça amaliyot, mintaqaviy xavfsizlikni himoya qiliş, xalqaro muammolarga qarşi kuraşişda faol iştirok etiş, Özbekistonda islohotlarni tezlaştiriş böyiça sa'y-harakatlardir. Şuningdek, Rozenblyum Qöşma Ştatlarning xususiy sektorini jalb etiş va investitsiyalar uçun zarur şart-şaroitlarni yaratişga kömaklaşişda ham faol iştirok etgan, deyiladi hujjatda.

2014 yildan boşlab Daniel Rozenblyum AQŞ Davlat departamentining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari böyiça mas'ul kotibi vazifasida işlab kelayotgan edi.

Eslatib ötamiz, AQŞning Özbekistondagi hozirgi elçisi Pamela Spratlen diplomatik faoliyatini 2015 yilda boşlagan.