Jizzax viloyati davlat soliq organlari tomonidan 2018 yil 1 sentabrga qadar ötkazilgan kameral nazorat tadbirlari natijasida 29 ming 961 holatda xöjalik yurituvçi sub'yektlar faoliyatida jami 169,7 milliard sömlik kamçiliklar aniqlandi, deb yozmoqda ÖzA.
Kameral nazorat natijasida aniqlangan kamçiliklar böyiça soliq tölovçi sub'yektlarga soliq va majburiy tölovlar qöşimça hisoblanişi körsatilgan talabnomalar berildi.
Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 70-moddasiga muvofiq, kameral nazorat, soliq tölovçi tomonidan belgilangan tartibda taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotini, şuningdek, soliq tölovçining faoliyati töğrisida davlat soliq xizmati organida mavjud boşqa ma'lumotlarni örganiş hamda tahlil etiş asosida soliq tölovçining huzuriga bormagan holda amalga oşiriladi.
Baxmal tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan joriy yilning ötgan davrida kameral nazoratdan ötkazilgan 80 korxonadan 75 tasida muayyan kamçilik aniqlandi. Kamçilik aniqlangan korxonalarga nisbatan qöşimça hisoblangan soliq va majburiy tölovlar summasi 2 milliard 390 million 800 ming sömni taşkil qildi.
Qöşimça hisoblangan soliq va boşqa majburiy tölovlarning 1 milliard 844 million sömi tuman xalq ta'limi bölimi hisobçilari tomonidan işçi-xizmatçilarning iş haqidan hisoblanadigan daromad soliği hisobotlarini taqdim etişda yöl qöygan xatoliklari oqibatida kelib çiqqani ma'lum böldi. Uşbu muassasaga tölanmagan soliqning qolgan qismini tölaş yuzasidan talabnoma berilib, boşqa xatoga yöl qöymaslik haqida ogohlantirildi.
Bu nazoratni bevosita soliq tölovçi sub'yektga borib hujjatli amalga oşiriş soliq inspeksiyasi idorasidan ham, xalq ta'limi bölimidan ham qöşimça kuç va vaqt talab etişdan taşqari jarima va boşqa javobgarlik jazo çoralari qöllanişiga sabab bölişi ma'lum. Kameral nazoratning afzalligi tufayli bu iş oson keçdi.
– Nazorat qiluvçi organlarning tadbirkorlik sub'yektlari moliya-xöjalik faoliyatiga aralaşuvini çeklaş tamoyillaridan kelib çiqib, davlat soliq inspeksiyalari tomonidan kameral nazorat usuli keng qöllanilmoqda, – deydi viloyat davlat soliq boşqarmasi jamoatçilik bilan aloqalar va huquqiy axborot şö'basi boşliği H.Fozilov. – Kameral nazorat xöjalik yurituvçi sub'yektlarga xatolarni öz vaqtida tuzatiş hamda moliyaviy jarimalar qöllanilişining oldini olişga yordam beryapti. Yilning ötgan davrida ötkazilgan kameral nazoratlar natijasida xöjalik yurituvçi sub'yektlar tomonidan 18 ming 165 holat yuzasidan 126,3 milliard sömlik qayta hisob-kitoblar taqdim etildi.












