Inglizlarning hal qiluvçi goli qöşib berilgan daqiqalarda Robertu Firmino tomonidan urildi.
C guruhi
«Liverpul» (Angliya) – «PSJ» (Fransiya) – 3:2 (2:1)
Gollar: Starrij, 30 (1:0). Milner, 36 – penaltidan (2:0). Mene, 40 (2:1). Mbappe, 83 (2:2). Roberto Firmino, 90+2 (3:2).
«Liverpul»: Alisson, Aleksandr-Arnold, Gomez, van Deyk, Robertson, Vaynaldum, Xenderson, Milner, Saloh (Şaçiri, 85), Starridj (Roberto Firmino, 72), Mane (Fabino, 90+3).
«PSJ»: Areola, Mene, Kimpembe, Tiagu Silva, Bernat, Rabo, Markinyus, Di Mariya (Şupo-Moting, 80), Mbappe, Kavani (Draksler, 80), Neymar.
Ogohlantirişlar: van Deyk, 27. Mene, 45+1.
Hakam: Junayt Çaqir (Turkiya).
18 sentabr. Liverpul. «Enfild» stadioni.
Çempionlar ligasining birinçi kunidagi markaziy uçraşuv işonçlarni töliq oqladi. Muxlislar «Liverpul» va «PSJ» örtasida yorqin spektakl guvohi bölişdi, 5ta gol va final huştagi çalingunga qadar intriga saqlanib qolişi.
Yurgen Klopp jamoasi «Enfild»da heç kimga imkon qoldirmasligini yana bir bor kuzatdik. Öyin boşidanoq hujumkor öyin körsatgan mezbonlar 2:0 hisobida oldinga çiqib olişdi. Avvaliga Robertsonning pasidan keyin Daniel Starrij boşi bilan aniq zarba yölladi. Keyinroq Xuan Bernat jarima maydonida Veynaldumni yiqitdi. Junayt Çaqir belgilagan penaltini Jyeyms Milner aniq amalga oşirdi..
Tomas Mene birinçi bölim oxirida birinçi javob golini urdi. Ammo bu gol vaziyatni özgartira olmadi. Ikkinçi bölim ham mezbonlarning töliq ustunligida ötdi. Ammo 83-daqiqada diqqatini yöqotgan mersisaydliklar gol ötkazib yuborişdi. Muhammad Saloh töpni yöqotganidan keyin töpga ega çiqqan Neymar muvaffaqiyatli hujum uyuştirdi va Mbappe hisobni tenglaştirdi.
Lekin «Liverpul»ning irodasi mustahkamroq çiqdi. Qolgan 10 daqiqani hujumda ötkazgan jamoa niyatiga yetdi. Avvaliga Trent Aleksandr-Arnold ijrosida xavfli zarba kördik. Saloh örniga maydonga tuşirilgan Firmino öyinga qöşib berilgan daqiqalarda jarima maydoniga yorib kirdi va Areolaning uzoq burçagini aniq nişonga oldi. U golni nişonlar ekan, kafti bilan çap közini («Tottenhem» bilan öyin vaqtida Vertongen barmoğini şu közga tiqib olgandi) yopdi va fransuzlar fregatini çöktirib yuborgan qaroqçi qiyofasiga kirdi.
«Tsrvena Zvezda» – «Napoli» 0:0
«Tsrvena Zvezda» – Boryan, Degenek, Rodiç, Stoykoviç, Saviç, Yoviçiç (Yovançiç, 56), Krstiçiç, Çauşiç, Marin (Simiç, 87), Boaçi (Pavkov, 81), Ben-Nabuan.
«Napoli» – Ospina, Albiol, Mariu Ruy, Xyusay, Kulibali, Zelinski (Gamşik, 75), Fabian Ruis, Kalexon (Una, 75), Allan (Mertens, 61), Insine, Milik.
Ogohlantirişlar: Allan (17), Krstiçiç (37), Degenek (55), Albiol (57), Milik (90), Mariu Ruy (90).
Belgradda ötgan bahsda kutilmagan natija qayd etildi. 1991 yilgi Çempionlar Kubogi ğolibi, öşandan buyon ilk marta Yevropaning eng asosiy turniriga qaytgan «Tsrvena Zvezda» kuçli raqibdan oçko olişga muvaffaq böldi. «Napoli» töliq ustunlik körsatgan bölsada, serblar darvozaboni Boryan köp marta jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi.

3 oktabr. «PSJ» – «Tsrvena Zvezda», «Napoli» – «Liverpul».
A guruhi
«Monako» – «Atletiko» - 1:2
Gollar: Gransir, 18 (1:0). Diyegu Kosta, 31 (1:1). Ximenes, 45+1 (1:2).
«Monako»: Benalo, Glik, Sidibe, Xenriks, Jyemerson, Şadli (Mbula, 58), Tilemans, Aolu (Traore, 69), N`Doram, Falkao, Gransir (Silla, 77).
«Atletiko»: Oblak, Xuanfran, Godin, Ximenes, Ernandez, Koke, Saul, Ernandes, Diyegu Kosta, Grizmann, Korrea (Lemar, 70).
Ogohlantirişlar: Falkao, 11. Ximenes, 48. Sidibe, 52. Traore, 78. Diyegu Kosta, 90+3.
Hakam: Kollam (Şotlandiya).
18 sentabr. Monako. «Lui II» stadioni.
Mavsumni muvaffaqiyatsiz ötkazayotgan Leonardu Jardim jamoasi xalqaro maydondagi iştirokini ham mağlubiyat bilan boşladi. Özining sobiq jamoasiga qarşi maydonga tuşgan Radamel Falkao 18-daqiqada Samuel Grandsirning goli bilan yakunlangan hujumda iştirok etdi.
«Monako» öyinni nazorat qilayotgandek köringandi, ammo Diyego Simeone jamoasi ikkita vaziyatdan ikkita gol urdi. Birinçi epizodda ispanlarning ideal qarşi hujumi monegaskliklar himoyasini çilparçin qildi va Diyego Kosta hisobni tenglaştirdi. Keyin himoyaçi Xose Mariya Ximenes burçak zarbasidan gol urib, jamoasiga ğalaba keltirgan golni urdi. Ikkinçi bölimni «Atletiko» xotirjam ötkazdi va natijani saqlab qoldi.
«Bryugge» – «Borussiya» - 0:1
Gol: 0:1 – 85 Pulişiç.
«Bryugge» – Letitsa, Mitroviç, Densvil, Pulen, Vlitink (Kols, 56), Vormer, Vanaken, Rits, Danjuma (Bonaventure, 76), Uesli, Vossen (Openda, 82).
«Borussiya» D – Byurki, Akanji, Şmeltser, Pişçek, Diallo, Gettse (Kagava, 62), Sanço (Pulişiç, 69), Volf, Vaygl (Daud, 84), Roys, Vittsel.
Ogohlantirişlar: Vaygl (19), Kagava (90).
Belgiya çempioni bu uçraşuvda mağlubiyatga munosib emasdi. Belgiyaliklar öyinni juda yaxşi boşlaşdi, qator xavfli vaziyatlar yaratişdi. «Borussiya» futbolçilari birinçi bölimda boşlarini kötara olmay qolişgandi.
Ikkinçi bölimda «Bryugge» futbolçilari çarçab qolişdi. Öyin durang natija bilan yakunlanişiga qarab ketayotgan vaqtda esa «Borussiya» ğalaba golini urdi. 85-daqiqada Pulişiç töpni darvozabon ustidan oşirib, darvozaga joyladi. Belgiyaliklar YeÇLda qatorasiga yettinçi mağlubiyatni qabul qilib olişdi. Ikki yil muqaddam ular öz kvartetlarida barça uçraşuvlarda mağlub bölişgandi.


3 oktabr. «Atletiko» – «Bryugge», «Borussiya» D – «Monako».
V guruhi
«Barselona» – PSV
Gollar: 1:0 – 31 Messi, 2:0 – 74 Dembele, 3:0 – 77 Messi, 4:0 – 87 Messi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serji Roberto, Umtiti, Rakitiç (Vidal, 85), Buskets, Koutino (Langle, 81), Dembele (Artur, 83), Messi, Suares.
PSV – Zut, Şvaab, Tasende, Dumfris, Virgever (Izima-Miren, 66), Xendriks, Pereyro, Losano, Rosario (Guterres, 82), Bergveyn (Malen, 78), de Yong.
Ogohlantirişlar: Virgever (30), Umtiti (55), de Yong (57).
Çetlatiş: Umtiti (79).
«Barselona» kutilganidek turnirni yirik ğalaba bilan boşladi. «Kamp Nou»da PSV jamoasiga imkon qoldirilmadi. Niderlandiya çempionatida 5 öyinda 5 ğalabaga erişgan, oxirgi turda raqibiga javobsiz 7 gol urgan PSV ispanlarga jiddiy qarşilik körsatişdi. Qarşi hujumlar vaqtida «Barselona» tomonidan qiziqiş bildirilayotgan Losanodan taşqari, de Yong ham katalonlar uçun xavf tuğdirib turişdi.
Ammo Lionel Messining mahorati barçasini hal qildi. 30-daqiqada Dembelega fol işlatilgaç, Messi jarima zarbasidan yana bir şedevr golini urdi.
Tanaffusdan keyin katalonlar ustunlikni qölga olişdi. Ammo ikkinçi gol 75-daqiqaga kelibgina urildi. Dembele Koutinoning pasidan keyin uzoq masofadan darvozani işğol qildi. Öyinni kataloniyaliklar bir kişi kam bölib yakunlaşdi, Umtiti 79-daqiqada ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydondan çetlatildi.
Ammo bu mezbonlar yirik hisobda ğalaba qozonişiga xalaqit bera olmadi. Öyinning qolgan qismida Messi het-trikni rasmiylaştirdi. Bu Messining Çempionlar ligasidagi sakkizinçi het-trigi böldi.
«Inter» – «Tottenhem» - 2:1
Gollar: Ikardi, 86. Vesino, 90+2 – Eriksen, 53
«Inter» 7 yil ötib Çempionlar ligasiga qaytişini ğalaba bilan nişonladi. Jamoa guruhda qiyin raqiblarga duç kelgan. Ularning birinçisi «Tottenhem» qiyinçilik bilan mağlub etildi. Tanaffusga qadar mezbonlar asosan himoyaviy taktika qöllaşdi. Birinçi bölimda yagona golli vaziyat inglizlar jamoasi hujumçisi Harri Keynda bölgandi. Ammo u Eriksendan qulay pas qabul qilib olib, darvozabon Samir Xandanoviçni aldab ötib ham darvozani işğol eta olmadi. Daniyalik futbolçi bölim davomida bir neça marta şeriklarini qulay vaziyatlarga olib çiqdi, ammo jamoa hujumçilari vaziyatlarni kökka sovurişdi.
Tanaffusdan keyin esa Eriksen özi zarba berişga qaror qildi va hisob oçildi. Birinçi zarbani darvozabon qaytargandi, ammo töpga birinçi bölib yetib kelgan Kristian maqsadiga erişdi.
Öyin yakuniga 20 daqiqaça vaqt qolganida londonliklar vaqtni çözişni boşlaşdi va töpni maydonning markaziy qismida uşlab turişga harakat qilişdi. Yakunda ular buning uçun jazolanişdi. Avvaliga Ikardi jarima maydoni taşqarisida turib bitta harakat bilan töpni darvozaning uzoq burçagiga joyladi. Qöşib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda burçak zarbasidan keyin Vesino jamoasiga ğalaba olib keldi.


3 oktabr. «Tottenhem» – «Barselona», PSV – «Inter».
D guruhi
«Şalke» – «Portu» - 1:1
Gollar: 1:0 – 64 Embolo, 1:1 – 75, penalti Otavio.
Şalke – Fermann, Sane, Naldo, Nastasiç, Serdar (Xarit, 84), Kalijuri, Bentaleb, Makkenni, Şopf, Ut (Konoplyanka, 65), Embolo (Burgştaller, 72).
Portu – Kasilyas, Felipe, Telles, Maksi Pereyra, Eder Militao, Errera, Danilu Pereyra, Marega, Otavio (Ernani, 90), Braimi (Serjiu Oliveyra, 82), Abubakar (Korona, 60).
Ogohlantirişlar: Embolo (27), Ut (53), Korona (78), Errera (86).
«Şalke» va «Portu» örtasidagi uçraşuv hisob va öyindan qat'i nazar tarixiy bölişi kerak edi. Gilzerkirxenda Iker Kasilyas 90 daqiqa maydonda böldi va u Çempionlar ligasida 20 mavsumda iştirok etgan ilk futbolçiga aylandi. Ayni vaqtda futbolçilik faoliyatini davom ettirayotganlar orasida unga eng yaqin natija Aren Robben tomonidan qayd etilgan, uning uçun bu mavsum 17-çisi böladi.
Öyin boşida mehmonlar futbolçisi Aleks Telles penaltidan unumli foydalana olmadi. Fermann uning zarbasini bartaraf etdi. Ikkinçi bölimda tomonlar bittadan gol urişdi. Mezbonlar Emboloning goli evaziga oldinga çiqib olişdi, Otaviu portugallarni qutqardi. U 70-daqiqada 11 metrlik nuqtaga yaqinlaşdi va Tellesning xatosini takrorlamadi.
«Galatasaroy» – «Lokomotiv» 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 9 Rodrigeş, 2:0 – 67 Derdiyok, 3:0 – 90, penalti Inan.
Galatasaroy – Muslera, Aziz, Nagatomo, Linnes, Fernando, Ndiayye, Donk, Akbaba, Belxanda (Maykon, 73), Rodrigeş (Inan, 90), Derdiyok (Onekuru, 82).
Lokomotiv – Gilerme, Xevedes, Çorluka, Kverkveliya, Ignatev (Eder, 69), Fernandeş, Denisov, Mirançuk (Mirançuk, 86), Kryxovyak, Idovu, Farfan.
Ogohlantirişlar: Çorluka (23), Ndiayye (42), Idovu (60), Fernando (72), Denisov (88), Gilerme (90).
Çetlaştiriş: Ndiayye (87).


3 oktabr. «Lokomotiv» – «Şalke», «Portu» – «Galatasaroy».











