Turkiya öz kurortlarini ilgari suriş uçun katta pul sarflaşga va'da berib, “yuqori sifatli turizm”ni rivojlantirişni rejalaştirmoqda. Davlatning kömagi birinçi navbatda muntazam taşişlarga ega turlar savdosini rivojlantiruvçi kompaniyalarga taqdim etiladi.
Bu haqda Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mexmet Ersoy ma'lum qildi. U badavlat sayyohlarni jalb qilişga yönaliş olinişini tasdiqlagan va şu bilan birga odatdagi ommaviy turizmdan keskin voz keçilmasligiga va'da bergan.
“Turkiyada ommaviy turizm haqiqatan katta muvaffaqiyatga erişgan va biz joriy yilda 40-42 mln sayyohni jalb qilmoqçimiz. Biroq mening fikrimça, Turkiya bu yönalişda öz vazifasini bajarib böldi va ikkinçi bosqiçga ötiş kerak. Biz ommaviy turizmni davom ettirgan holda malakali turizmga ötamiz”, deb aytgan Ersoy.
Uning aytişiça, “charter turizmi” talabning keskin ösişi yoki pasayişi kabi muammoga duç keladi. Bu muammoni bartaraf etiş uçun Turkiya “yangi töğridan-töğri muntazam reyslar” va “biznes-sinf bilan taşişlar”ni yölga qöyişni qöllab-quvvatlaydi.
Turkiya yangi reklama strategiyasi doirasida 2019 yilda reklama byudjyetini sezilarli oşiradi va “ijtimoiy tarmoqlarda hayratomuz taassurot qoldiradigan” reklama kampaniyalarini ötkazadi.
Reklama kampaniyasi birinçi bosqiçda eng köp sayyohlar keladigan 10 ta davlat, jumladan, Rossiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Niderlandiyaga qaratiladi. Söngra promoaksiyalar boşqa yönalişlarga ham tatbiq qilinadi.












