Qaşqadaryo viloyatida joylaşgan Havo hujumidan mudofaa qöşinlari va Harbiy havo kuçlariga qaraşli harbiy qismlardan birida yangi, zamon talablari asosida bunyod etilgan oşxona foydalanişga topşirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bir vaqtning özida 200 kişiga xizmat körsatişga möljallangan oşxona harbiy uçuvçilar hamda texnik muhandislar uçun möljallangan bölib, har kuni ularning e'tiboriga turli-tuman parhez taomlar taqdim etiş imkoniyatiga ega.
Ta'kidlaş kerak, autsorsing tizimi oşxonadagi oziq-ovqat ta'minoti sifatini yanada yaxşilaş, oşxonalar taomnomasini kengaytirişga xizmat qiladi.
Oşpazlar har kunlik belgilangan qat'iy taomnomaga asosan ovqat tayyorlaydi.
Oşxonada oziq-ovqat mahsulotlarini saqlaş va işlov berişga möljallangan alohida xonalar mavjud. Har bir xona zamonaviy texnologik jihozlar, yuqori sifatli idiş-tovoqlar bilan ta'minlangan. Bu esa harbiy xizmatçilarning sifatli ovqatlanişlari uçun qulay şaroit yaratadi.
Eslatib ötamiz, ötgan yilning noyabr oyida Vazirlar Mahkamasi «Özbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qöşinlaridagi harbiy xizmatçilarning ovqatlaniş sifatini tubdan yaxşilaş çora-tadbirlari töğrisida» qarorni imzolagan bölib, bugungi kunda vazirlik harbiy qism va muassasalarining barçasi uşbu tizimga samarali ötkazildi.











