Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning «Terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan özbekiston respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod etiş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi farmoni imzolandi. Bu haqda ÖzA xabar bermoqda.
Uşbu hujjat bilan terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining murojaatlarini körib çiqiş böyiça Respublika idoralararo komissiyasi tuziladi.
2018 yil 1 noyabrdan terroristik, ekstremistik yoki boşqa taqiqlangan taşkilot va guruhlar tarkibiga adaşib kirib qolgan Özbekiston Respublikasi fuqarolari Komissiya xulosasiga asosan jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.
Komissiya tomonidan salbiy xulosa çiqarilgan taqdirda barça holatlar qonun hujjatlarida örnatilgan tartibda körib çiqiladi.
Özbekiston Respublikasi fuqarolari quyidagi hollarda jinoiy javobgarlikdan ozod qilinişi mumkin:
- aybini böyniga oliş töğrisida şaxsan arz qilib kelsa, qilmişidan çin köngildan puşaymon bölsa va tuzaliş yöliga ötgan bölsa;
- jinoiy faoliyat va boşqa huquqqa xilof qilmişlarni foş etişda faol yordam bergan bölsa;
- taqiqlangan taşkilotlar safiga aldov yöli bilan jalb etilgan bölsa;
- taqiqlangan taşkilotlarning ğoyaviy yoki ma'naviy rahnamosi bölmagan bölsa;
- jangovar harakatlarda va qöporuvçilik harakatlarini sodir etişda iştirok etmagan bölsa;
- terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida taqiqlangan taşkilotlarda öquv, maxsus yoki harbiy tayyorgarlikdan ötmagan bölsa;
- terrorçilik faoliyatini amalga oşiriş maqsadida çiqiş yoki harakatlanişni amalga oşirmagan bölsa;
- xalqaro terrorizmni moliyalaştirişda iştirok etmagan bölsa;
- terroristik, ekstremistik va boşqa buzğunçi ğoyalar mavjud bölgan materiallarni adaşib yoki axborot-kommunikatsiya vositalarida tarqatişga qasd qilmagan va bunday maqsadni közlamagan holda saqlagan bölsa.











