15 sentabrdan boşlab 1 kg 1-nav buğdoy uni uçun ulgurji sotiş narxi 1 400 söm hamda qolipli nonning talab va taklif asosida şakllantiriladigan erkin bozor narxi böyiça sotilişi belgilanganidan bexabar odam Özbekistonda qolmadi, menimça.
Şu örinda kimdir hukumatning uşbu qarorini qöllab-quvvatlamoqda, kimdir esa uni tanqid qilmoqda. Hamma öziça haq.
Jahon tajribasi şuni körsatadiki, bunday ommabop bölmagan qarorlar turli davlatlar hukumatlari tomonlaridan faqatgina inkor etib bölmaydigan sabablar mavjud bölganidagina qabul qilinadi. Xöş, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan uşbu qarorni qabul qilinişiga qanday sabablar ta'sir körsatdi?
Keling, hissiyotlarni ortda qoldirib, bu sabablarning ildiziga qaraylik.
Avvalambor, nonning narxi oxirgi marta 2014 yilda oşirilgandi. Davlat 600 grammli qolipli nonning narxini 4 yil davomida özgarişsiz 650 söm miqdorida saqlab kelgan va bu yöl bilan aholining kam ta'minlangan qatlamlarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralarini amalga oşirgan. Harqalay, bundan közlangan maqsad şu edi.
Biroq, bu yöl bilan körsatilayotgan ijtimoiy yordam manzilli bölmadi, ya'ni bunday preferensiyadan kam ta'minlangan oilalar bilan bir qatorda jamiyatning örta daromadli a'zolari ham, boy qatlamlari ham foydalanib kelgan (jamiyatning ayrim öziga töq qatlamlari nima maqsadlarda arzon nondan foydalangani – bu alohida masala).
Ikkinçidan, nonning narxi oşişi negizida inkor qilib bölmaydigan iqtisodiy qonunlar yotibdi. Aniqroq qilib tuşuntiriş uçun oddiy arifmetika usullarini qöllaymiz.
Ma'lumot uçun: hisob-kitoblarning qulayligini ta'minlaş va tuşunarli bölişi uçun buğdoydan un oliş, undan esa non tayyorlaş bilan boğliq iş haqi, elektr energiyasi, tabiiy gaz, transport (ğallani don kombinatlariga, unni non zavodlariga taşiş), içimlik suvi va boşqa xarajatlar ataylab hisobga olinmadi.
Hozirgi kunda 1 kg. buğdoyning bozordagi eng arzon narxi 1 600 sömni taşkil etadi. Mutaxassislarning ma'lumotlariga köra, 1 kg. buğdoydan örtaça 0,75 kg. un mahsuloti çiqadi. Demak, 1 kg un mahsulotining narxi 2 000 söm atrofida böladi (1 600 söm / 750 gr *1 000 gr = 2 133 söm, biroq çiqadigan kepakni ham hisobga olib, örtaça 2 000 söm, deb hisoblaylik).
Lekin, uşbu buğdoy unidan tayyorlanadigan 1 kg qolipli nonning narxi örtaça 1 083 sömni (650 söm / 600 gr. * 1000 gr) taşkil etadi. Şundan körinib turibdiki,










