Dunyoda oq non batonining örtaça narxi taxminan 138 rublni (≈21 ming söm) taşkil etadi, eng qimmat mahsulotni Jibuti, eng arzonini esa Jazoirda sotib oliş mumkin. Bu haqda RIA Novosti Butunjahon non kuniga bağişlangan öz tadqiqotiga tayanib xabar berdi.

Eng qimmat non Afrikaning Jibuti davlatida sotiladi (≈134 ming söm), çunki mamlakat oziq-ovqat, jumladan buğdoy importiga juda boğlangan. Şuningdek, eng qimmat nonli davlatlar qatoriga Bermud orollari (≈103 ming söm), Kayman orollari (≈76 ming söm), Monako (≈64 ming söm) va Bahama orollari (≈63 ming söm) ham kiradi. Top öntalikdan Kongo (≈61 ming söm), Markaziy Afrika Respublikasi (≈54 ming söm), Islandiya (≈51 ming söm), Lixtenşteyn (≈51 ming söm) va JAR (≈50 ming söm) ham joy olgan.

Şu bilan birga, Jazoir (≈2100 söm) davlat subsidiyalari hisobiga eng arzon nonli mamlakatlar röyxatida birinçi örinda turibdi. Keyingi örinlarni Tunis (≈2300 söm), Esvatini (≈2400 söm), Afğoniston (≈3000 söm), Liviya (≈3400 söm), şuningdek, Çad (≈4300 söm), Özbekiston (≈4800 söm), Qirğiziston (≈5100 söm), Qozoğiston (≈5300 söm) va Ozarboyjon (≈5500 söm) egallagan.

Rossiya 35-örinni egalladi (≈8700 söm), Belarus 42-örinda qayd etildi (≈9500 söm).