Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qömitasi tizimi xodimlarining forma kiyimlari va ajratiş belgilari namunalarini tasdiqlaş töğrisida»gi 2018 yil 19 sentabrdagi №737-sonli qarori qabul qilindi.

Ma'lumki, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 fevraldagi «Özbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va taşkilotlarining forma kiyimlarini işlab çiqiş, standartlaştiriş, tasdiqlaş va tayyorlaş mexanizmlarini tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisidagi» PQ–2800 sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 25 maydagi «Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qömitasi haqidagi Nizomni tasdiqlaş töğrisida»gi №310-sonli qarori qabul qilingan edi.

Mazkur qarorlar ijrosini ta'minlaş hamda Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qömitasi tizimi xodimlarining yagona mundirlaş namunasini yaratiş maqsadida ularning forma kiyimlari ham ajratiş belgilarni tasdiqladi.

Hukumat qaroriga köra, Özbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhit muhofazasi Davlat qömitasi forma liboslarini tikiş uçun milliy işlab çiqaruvçilar örtasida örnatilgan tartibda tanlov (tender) savdolari ötkazadi.