Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Avtomobilsiz kun» aksiyasi: maqsad ekologiya sofligini va yo‘llardagi xavfsizlikni oshirish
Ma'lumotlarga qaraganda jahon bo‘ylab bir yilda 2 milliondan ziyod kishi yo‘l-transport hodisasi oqibatida vafot etar ekan. Achinarlisi, yo‘llardagi avtohalokatlar tufayli turli darajadagi tan jarohati oladiganlarning soni bundan-da ko‘proq.
Samarqand viloyat IIB YHXBning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, o‘tgan yili Samarqand viloyatida bu ko‘rsatkich 539 tani tashkil etib, 179 kishining hayotiga zomin bo‘lgan.
Bunday salbiy holatlarning oldini olish, qolaversa atrof-muhitning tozaligiga hissa qo‘shish maqsadida O‘zbekistonda har oyning bir kuni «Avtomobilsiz kun» sifatida e'lon qilindi.
Endi har oyning uchinchi jumasida yurtimiz bo‘ylab ana shunday tadbirlar tashkillashtiriladi. 21 sentabr kuni mazkur tadbir ilk marta yurtimiz bo‘ylab tashkillashtirilmoqda.
Samarqand viloyat IIB YHXB «Avtomobilsiz kun» aksiyasi yuzasidan videorolik tayyorladi. Undan qo‘shimcha ma'lumotlar bilan birgalikda, viloyat YHXB boshlig‘i polkovnik Abdunabi Nosirovning yo‘l harakati ishtirokchilariga murojaati ham o‘rin olgan.
«Ayni paytda Samarqand shahridagi birgina Amir Temur ko‘chasida sutkasiga 60 mingdan ziyod avtomobillar harakatlanadi. Samarqandda bunday ko‘chalar ko‘pligi inobatga olinsa, avtomobillar harakati tufayli atmosferaga zararli is gazi qancha chiqayotganini taxmin qilish qiyin emas.
Fuqarolar «Avtomobilsiz kun» aksiyasida faol ishtirok etib, haftaning har juma kuni jamoat transportida, velosipedda yoki piyoda yursa, yon-atrofga katta foyda keltirgan bo‘lishadi», deyiladi Abdunabi Nosirovning murojaatnomasida.
Mavzuga oid
18:28 / 24.05.2026
25 may kuni davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtomashinalaridan foydalanishi taqiqlanadi
17:48 / 30.03.2026
“Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkaziladi
18:38 / 20.05.2024
Toshkentda navbatdagi «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladi
08:49 / 30.03.2024