Özbekistonda endilikda har oyning törtinçi çorşanba kuni «Avtomobilsiz kun» aksiyasi ötkaziladi. Bu haqda ÖzA xabar berdi. 

Unga köra, hukumat topşiriğiga binoan, 2024 yil mart oyidan boşlab har oyning törtinçi çorşanba kuni (agar bayram kuniga töğri kelsa, payşanba kuni) Toşkent şahrida avtomobillar harakatlanişini (jamoat transportlari, maxsus va şoşilinç yordam xizmatlaridan taşqari) qisqartirişga qaratilgan «Avtomobilsiz kun» deb e’lon qilindi.

Bu 2024 yilda quyidagi kunlarga töğri keladi:

  • 24 aprel;
  • 22 may;
  • 26 iyun;
  • 24 iyul;
  • 28 avgust;
  • 25 sentabr;
  • 23 oktyabr;
  • 27 noyabr;
  • 25 dekabr.

«Avtomobilsiz kun» jamoatçilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvçi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari iş joyiga jamoat transportida kelib, namuna körsatib borişi belgilandi.

29 mart, juma kuni Toşkentda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi bölib ötdi, uni ötkaziş fevral oyida prezident tomonidan tasdiqlangan edi. Tadbir birinçi marta keng masştabli formatda ötkazildi.

Şu kuni köplab davlat rahbarlari va xodimlari işga jamoat transportida, velosipedda yoki piyoda keldi. Xususan, transport vaziri Ilhom Mahkamov — avtobusda, ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov — metroda, Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov — velosipedda, raqamli rivojlaniş vaziri Şerzod Şermatov hamda MB raisi Mamarizo Nurmuratov esa piyoda harakatlandi. Sport vazirligi rahbari Adham Ikromov uzoq vaqt davomida piyodalar yölagidan öta olmadi.