Foto: Bunker Lab

22 sentabr kuni soat 16:00da Bunker Lab öquv markazida oçiq eşiklar kuni bölib ötadi. Şu kuni taşrif buyuruvçilarni jonli musiqa, tanlovlar kutadi, eng asosiysi - 10 oylik ta'lim oliş uçun sertifikat öynaladi.

Biz yaqinda Bunker Lab öquv markazi tomonidan örnatilgan rekord haqida xabar bergandik - ta'lim olganlarning 91 foizi 2018 yilda mamlakat nufuzli oliy öquv yurtlari talabasiga aylandilar.

Foto: Bunker Lab
Foto: Bunker Lab

Köplab taklif va iltimoslarga köra, öquv markazi ma'muriyati Bunker Lab’ga taşrif buyurişni xohlovçilar uçun oçiq eşiklar kunini ötkazadi.

Taşrif buyuruvçilarda yuqori malakali öqituvçilar bilan tanişiş, ularni iş jarayonida köriş, qiziqtirgan mavzular böyiça savollar beriş, şuningdek, baxtli talabalar - Bunker Lab sobiq bitiruvçilari bilan uçraşiş va ulardan maslahatlar oliş kabi noyob imkoniyat böladi.

Foto: Bunker Lab
Foto: Bunker Lab
Foto: Bunker Lab

Siz nufuzli universitet talabasi bölişni xohlaysiz, lekin kiriş imtihonlariga qanday tayyorlanişni bilmayapsizmi? Yoki qaysi fanlarga köproq qobiliyatli ekaningiz va özingizdagi yaşirin iste'dodni qanday oşkor qiliş haqida boş qotirmoqdamisiz? Unda Bunker Lab’ga keling!

Bunker lab barçangizni oçiq darslariga taklif qiladi. Universitetni tanlaşda bir qarorga kelmaganlar uçun psixologik testdan bepul ötiş va öz salohiyatini aniqlaş uçun imkoniyat böladi.