Xiaomi kompaniyasi özining eng arzon — Xiaomi Notebook Youth Edition noutbukini taqdim etdi, deb xabar berdi Gizchina.

Noutbuk narxi 670 dollarni taşkil etadi.

Model FullHD displeyi diagonali 15,6 dyuym bölib, Intel Core i5 protsessori bilan jihozlangan. Tezkor xotira hajmi 8 Gbga teng. Noutbukka şuningdek, GeForce MX110 videokartasi örnatilgan.

Bundan taşqari, Xiaomi Notebook Youth Edition bir gigabitli Ethernet, HDMI porti, bitta USB 2.0 va ikkita USB 3.0 tirqişiga ega.

Xiaomi ötgan oyda özining eng arzon flagman smartfoni Pocophone’ni namoyiş etgandi, uning narxi 300 dollardan boşlanadi.