Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 30 avgustdagi «Yöl harakati xavfsizligi kunini ötkaziş va yöl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar asosida Özbekistonning barça viloyatlarida 21 sentabr kuni ilk marta «Avtomobilsiz kun» aksiyasi taşkil etildi.

Xususan, Toşkent şahrida uşbu aksiya munosabati bilan erta tongdan Şayhontohur tumani «Baynalmilal» köçasida velosipedçilar marafoni ötkazildi.

«Avtomobilsiz kun» aksiyasining ötkazişdan asosiy maqsad – ekologik holatni yaxşilaş, atmosfera havosini muhofaza qiliş, şu jumladan transport vositalarisiz harakatlaniş mumkinligini va zarurligini namoyiş qiliş, aholi örtasida soğlom turmuş tarzini şakllantirişdir. Bundan taşqari, aksiya orqali yöl harakati iştirokçilarini xavfsizlik qoidalariga rioya etişga undaş va haydovçining transport vositasisiz bir kunlik hayotini yoritiş ham közda tutilgan.

«Avtomobilsiz kun» aksiyasi har oyning uçinçi jumasida muntazam ötkazilişi rejalaştirilmoqda.