Xitoy Rossiya bilan hamkorlik qilgani sababli Vaşington unga qarşi sanksiyalar kiritgani tufayli AQŞ bilan bir qator birgalikdagi tadbirlardagi iştirokdan voz keçdi. 

Avvalroq Xitoy taşqi işlar vazirligi AQŞ elçisi Geri Lokkni çaqirtirib, unga Xitoy Rossiya qurolini sotib olişi sababli kiritilgan sanksiyalar yuzasidan keskin e'tiroz bildirgan. Bundan taşqari, Xitoy markaziy harbiy kengaşi AQŞ elçixonasidagi harbiy attaşega ham e'tiroz bildirgan. 

Xitoy mudofaa vazirligida ta'kidlanişiça, Pekin Xitoy harbiy-dengiz kuçlari rahbari Şen Tszinlunning AQŞga taşrifini bekor qilgan. Tszinlun dengizda tinçlikni qöllab-quvvatlaş böyiça simpoziumda iştirok etişi kerak bölgan.    

Bundan taşqari, Xitoy hukumati Pekinda 25-27 sentabrga belgilangan, Xitoy va AQŞ qurolli kuçlari birlaşgan ştablari örtasidagi muloqot doirasidagi ikkinçi uçraşuvdan voz keçgan.   

Xitoy, şuningdek, Vaşingtondan sanksiyalarni zudlik bilan bekor qilişni talab qilgan, aks holda javob çoralari körilişini aytgan.

20 sentabrda Vaşington Xitoy markaziy harbiy kengaşining qöşinlarni tayyorlaş va ta'minot departamenti va uning rahbari Li Şanfuga qarşi sanksiyalar kiritdi. Kengaş Xitoy qurolli kuçlariga qömondonlik qiladi.

Oq uyda sanksiyalar Xitoyning “Rosoboroneksport” bilan hamkorligi, jumladan Su-35 qiruvçi samolyotlari va S-400 tizimlarini sotib olişi sababli kiritilgani aytilgan.