Yaponiyaning “Xayabusa-2” zondidan tuşirilgan ikkita mini-robot Ryugu asteroidiga muvaffaqiyatli qönib, olimlarga ilk marotaba asteroid sirti suratlarini va u haqdagi ma'lumotlarni jönatdi. Bu haqda Yaponiya aerokosmik tadqiqotlar agentligi ma'lum qildi.
Har biri bir kilogramm keluvçi MINERVA-II1 mobil robotlari zonddan 21 sentabrda ajragan. Ta'kidlanişiça, ular yaxşi holatda bölib, kamida bittasi asteroid sirti böylab harakatlanmoqda.

Suratlar robotlar harakatlanganda aylangani va quyoş nuri şu'lasi sababli aniq çiqmagan. Hammasi bölib uçta surat jönatilgan.
“Xayabusa-2” zondi 2014 yil 3 dekabrda Yaponiya janubidagi Tanegasima kosmodromidan N-2A raketasi yordamida fazoga olib çiqilgan. Zond asteroid yonida 1,5 yil davomida böladi. Asteroidni tadqiq qilişning keyingi bosqiçida tuproq namunalarini olinadi. Buning uçun zond asteroid sirtiga mobil portlovçi qurilma tuşiradi.

1999 JU3 asteroidi Yerga yaqin jismlar guruhiga kirib, Quyoş atrofida aylanişi davri 474 sutkaga teng. Ryugu sayyoramizdan 300 mln kilometr uzoqda joylaşgan.











