Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aleksey Navalniy yana qo‘lga olindi. U atigi besh soniya ozodlikda bo‘ldi
Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 2018 yilning yanvar oyida Moskva markazida rasmiylar bilan muvofiqlashtirilmagan tadbir takroran tashkillashtirilgani uchun 30 sutkalik ma'muriy qamoqdan chiqqach yana qo‘lga olindi. Bu haqda uning tarafdori Leonid Volkov tvitterdagi sahifasida xabar berdi.
«Aleksey Navalniy maxsus saqlash joyidan chiqqan paytida qo‘lga olindi. Eshikni ochishdi - hamda shu zahotiyoq avtobus ichiga olib kirib ketishdi. Uni noma'lum tomonga olib ketishgan», - deya yozdi u.
Keyinchalik Volkovning aniqlik kiritishicha, muxolifatchi «Danilovskiy» IIBda bo‘lib, u yerda unga nisbatan navbatdagi ma'muriy ish rasmiylashtirilgan.
«Bu ekzotik modda - mening xotiramda hech qachon qo‘llanilmagan. «Miting o‘tkazishda odam sog‘lig‘iga zarar yetkazgan qonun buzilish holati».
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rosgvardiya rahbari Navalniyni duelga chorlagandi.
Mavzuga oid
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
20:34 / 08.06.2026
Xominaiy o‘ldirilgach, Rossiyada Putinni qo‘riqlash uchun yaratilgan kuzatuv tizimi o‘chirib qo‘yildi
18:06 / 08.06.2026