Xayriya 

1994 yilda Bill va Melinda Geyts ta'lim va soğliqni saqlaşni qöllab-quvvatlaş, kam ta'minlanganlarga yordam beriş uçun Uilyam Geyts fondiga asos solgan.  

2013 yilda fond mablaği 34,6 mlrd dollar deb baholangan.

2010 yilda Geyts barça milliarderlarga öz boyliklarining yarmini xayriyaga sarflaşni taklif qilgan. Uning taklifiga 40 nafar milliarder rozi bölgan.  

San'at

Geyts 1994 yilda Leonardo da Vinçining «Lester kodeksi» risolasini 30 mln dollarga sotib olgan. Kodeks 2003 yildan buyon Sietldagi badiiy muzeyda saqlanadi.  

Universitetlar

Geyts Stenford universitetida Geytsning kompyuter fanlari binosi qurilişiga 6 mln dollar ajratgan. Binoda kompyuter fanlari bölimi va kompyuter tizimlari laboratoriyasi joylaşgan.

1999 yilda Geyts Massaçusets texnologiya institutida kompyuter laboratoriyasi qurilişi uçun 20 mln dollar ajratgan.

Vegetarianlar uçun göşt 

Ta'mi haqiqiy göştni eslatuvçi göşt yaratiş ustida iş olib borayotgan Impossible Foods loyihasi uçun Bill Geyts 2013 yildan 2017 yilgaça 208 mln dollar ajratgan.

Geyts şuningdek, 2015 yilda Los-Anjyelesdagi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqaruvçi Beyond Meat zavodiga 17 mln dollar mablağ bergan.

Foto: Flickr

Çiqindilar

Waste Management xoldingi çiqindilarni boşqariş va ular bilan boğliq ekologik xizmatlarni körsatadi. Bill va Melinda Geyts fondi xoldingning 1,46 mlrd dollarlik aksiyasiga egalik qiladi.

Petitsiya

Dunyoning 196 mamlakatida 150 mlndan ortiq foydalanuvçiga ega Change.org sayti 2014 yilda Geyts va boşqa investorlardan 30 mln dollar olgan.