Istanbulda ötgan aerokosmik texnologiyalar festivalida 402 metrga noodatiy poyga uyuştirildi. Uçiş-qöniş polosasiga 7 ta transport vositasi – Lotus Evora GT430 va Aston Martin Vantage sportkarlari, Tesla Model S P1000DL trek elektromobili, “Formula-1” bolidi, Kawasaki Ninja H2R mototsikli, F-16 qiruvçi samolyoti va Bombardier Challenger 605 reaktiv samolyoti qöyildi.
Kutilmaganda, poygada mototsikl haydovçisi ğolib böldi. U masofani 9,43 soniyada ötib, “Formula-1” bolididan 0,04 soniya “çaqqonroq” çiqqan. Marra çiziğini uçinçi bölib F-16 qiruvçisi, oxirgi bölib esa Aston Martin Vantage kesib ötgan.








